Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Pellegrini uchun 30 million berishmoqchi

Pellegrini uchun 30 million berishmoqchi

Автор: admin

PSJning ortidan “Everton” ham “Roma” yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini uchun kurashga qo‘shildi.
Frantsuz klubi ham, ingliz klubi ham 23 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi uchun rimliklarga 15 milliondan ikki marta, jami 30 mln evro o‘tkazib berishga tayyor. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Aytish kerakki, jamoalar Pellegrinini joriy yilning 1 iyulidan 30 iyuliga qadar sotib olish imkoniyatiga ega. Shundan so‘ng bu imkoniyat o‘z kuchini yo‘qotadi.
Pellegrini joriy mavsum A Seriyada jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *