Goal24.uz » Европа жамоалари » Sadio Manedan Levandovskigacha. Yurgen Klopp murabbiyligi ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Sadio Manedan Levandovskigacha. Yurgen Klopp murabbiyligi ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Автор: admin

Transfermarkt portali “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Foto: Transfermarkt
Ularning sakkiz nafari “Borussiya D” vakillari bo‘lsa, qolgan uch futbolchi “Liverpul”dan. Germaniyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Neven Subotich bo‘ldi. Serbiyalik himoyachi “Mayns” va “Borussiya D”da Klopp qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 281 o‘yin o‘tkazgan.
Ramziy terma jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Roman Vaydenfeller (279 o‘yin);
Himoyachilar: Marsel Shmeltser (232), Mats Hummels (242), Neven Subotich (281), Kevin Grosskroyts (235);
Yarim himoyachilar: Jeyms Milner (201), Nuri Shahin (178), Yakub Blashchikovski (225), Sadio Mane (161);
Hujumchilar: Robert Levandovski (186), Roberto Firmino (228).
Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp murabbiylik faoliyati mobaynida “Mayns” va “Borussiya Dortmund” kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis “Liverpul” ustozi hisoblanadi.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *