Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Real», «Barselona» va La Liganing boshqa klublari guruh mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi

«Real», «Barselona» va La Liganing boshqa klublari guruh mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi

Автор: admin

La Liga guruh mashg‘ulotlarining boshlanganini e’lon qildi.
Futbolchilarga ko‘pi bilan 10 ishtirokchidan iborat guruhlarda shug‘ullanishga ruxsat berildi.
«Real», «Barselona» va boshqa klublar 18 may kunidan boshlab mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 10 martdan beri o‘tkazilmayapti. Klublar 27ta tur o‘yinlarida ishtirok etishgan. Jadvalda 58 ochko to‘plagan «Barselona» peshqadamlik qilyapti. Undan 2 ochko ortda borayotgan «Real» ikkinchi bo‘lib turibdi.
Musobaqaning davom ettirilish sanasi aniq belgilanmagan.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *