Goal24.uz » Европа жамоалари » «Barselona»ning sobiq o‘yinchisi Messining Pele va Maradonadan farqini aytdi

«Barselona»ning sobiq o‘yinchisi Messining Pele va Maradonadan farqini aytdi

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Edmilson Kataloniya klubi sardori Lionel Messi haqida gapirdi.
«Messini ko‘rganimda u boshqalardan ajralib turishini bilgandim. U ruhan kuchli yigit edi va kamchiliklari deyarli yo‘q edi. Klubga kelganimda biz bilan 17 yoshli bola ham shug‘ullanardi va to‘pni qoyilmaqom boshqarardi. 

Leoni ko‘pincha boshqa o‘yinchilar bilan solishtirishadi. Har birining o‘z vaqti, o‘z avlodi bor. Ammo darajani bunchalik uzoq ushlab tura olish… Bu juda muhim. U 10 yildan ortiq vaqt davomida bir xil darajada o‘ynab kelmoqda. Pele va Maradona esa undan farqli o‘laroq, 3-4 yil yuqori saviyada to‘p tepishgan. Farq shunda», – deb Edmilsonning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *