Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Timo Verner Italiya klubiga o‘tishga tayyor

Timo Verner Italiya klubiga o‘tishga tayyor

Автор: admin

«Leypsig» hujumchisi Timo Verner faoliyatini Milanning «Inter» klubida davom ettirishga tayyor. 24 yoshli forvard oldinroq Italiya A Seriyasiga o‘tishga qarshi edi, ammo u qarorini o‘zgartirgan, deya yozmoqda Calciomercato.com.
Manbaning yozishicha, «Inter» klubi Lautaro Martinesni «Barselona»ga transfer qilsa, bor e’tiborini Verner qo‘lga kiritishga qaratadi.
Oldinroq, germaniyalik futbolchi Yurgen Klopp qo‘l ostida «Liverpul»da to‘p surmoqchi edi. Ammo Verner yozgi transferga qadar bu klubdan taklifni kutib o‘tirmoqchi emas. Shuningdek, Timoga «Bavariya», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublaridan ham qiziqish bor.
Vernerning «Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Nemis hujumchisining transfer narxi 64 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Timo ushbu mavsumda jami 37 o‘yinda 27ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *