Goal24.uz » Ўзбекистон » Yaxshiboyevga Polsha klubi qiziqdi, unga qancha narx qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Yaxshiboyevga Polsha klubi qiziqdi, unga qancha narx qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Energetik-BGU» safidagi o‘yinlari bilan Belarus Oliy ligasining yangi mavsumida eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Yaxshiboyev bir qator klublar e’tiboriga tushgan.
Football.kulichki.net saytining yozishicha, Belarus chempionati to‘purari bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyevning vakillariga Polshaning «Rakuv» klubidan aloqaga chiqishgan. So‘rovga javoban Yaxshiboyevning boshqa klubga o‘tish narxi 300 ming yevroga baholangan.
«Paxtakor» tayyor turishi kerak, tez orada Yaxshiboyev bo‘yicha o‘zbek klubiga o‘nlab takliflar kelib tushadi», - deyiladi nashrda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachining transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli. Yaxshiboyev «Energetik-BGU» klubiga bir yillik ijaraga berilgan. 
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Paxtakor» klubi sport direktori Ja’far Irismetov Jasur Yaxshiboyev bo‘yicha Portugaliya, Vengriya va Polsha klublaridan taklif tushganligini ma’lum qilgandi.


123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *