Goal24.uz » Европа жамоалари » «Real», «Bavariya» va «Inter» o‘rtasida turnir o‘tkaziladi

«Real», «Bavariya» va «Inter» o‘rtasida turnir o‘tkaziladi

Автор: admin

Italiyaning «Inter» klubi rasmiy sayti orqali «Real» va «Bavariya» klublari ishtirokida turnir o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Musobaqa 2021 yilda o‘tkazilib, «Yevropa birdamligi kubogi» deya nomlanadi. Turnir o‘tkazilishidan tushadigan daromad tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. O‘yinlarning aniq sanasi hozircha ma’lum emas.
Barcha klublar o‘yinlarini o‘z shaharlarida o‘tkazishadi. Madridda «Real» - «Inter», Milanda «Inter» - «Bavariya», Myunxenda «Bavariya» - «Real» uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, pandemiyaga qaramay hozirda Germaniya Bundesligasi davom ettirilishiga ruxsat etilgan bo‘lsa, Ispaniya va Italiyada chempionatlar qachon davom ettirilishi noma’lumligicha qolmoqda.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *