Goal24.uz » Европа жамоалари » Ronalu va Messi taxtining yangi vorislari

Ronalu va Messi taxtining yangi vorislari

Автор: admin

Braziliyalik mashhur futbolchi Roberto Karlos zamonamizning eng kuchli futbolchilari – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rnini yaqin kelajakda kimlar egallashi haqida fikr bildirdi.
- Ronaldu va Messi uzog‘i bilan yana uch yil yuqori saviyada o‘ynay oladi. Yaqin kelajakda ularning o‘rnini Neymar, Mbappe va Eden Azar egallaydi. Azar yaqin vaqtlar ichida eng zo‘r futbolchilardan ekanini yana bir bor isbotlaydi, - dedi Roberto Karlos.
Bungacha Roberto Karlos dunyoning eng zo‘r futbolchisi o‘zining hamyurti Ronaldo ekanini, uning o‘rnini Ronaldu ham, Messi ham bosa olmasligini ta’kidlagan edi.


103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *