Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » 56 mlrd dollarlik o‘yin: 2019 yilning eng qimmat sport imperiyalari

56 mlrd dollarlik o‘yin: 2019 yilning eng qimmat sport imperiyalari

Автор: admin

Keyingi o‘n yilda sport olamining eng qimmat brendlari o‘z faoliyat doiralarini kengaytirdi: media va ko‘chmas mulkka pul tikdi, sport jamoalari va stadionlarni sotib oldi. Jahondagi eng yirik sport imperiyalari aktivlarining umumiy qimati 56 mlrd dollarni tashkil etdi.

Amerikalik biznesmen Sten Kroyenke jahondagi eng qimmat sport imperiyasi sohibi deb topildi. Unga qarashli Kroenke Sports & Entertainment kompaniyasi aktivlari 8,4 mlrd dollar deb baholanmoqda. Kronke sport imperiyasi bunyod etishni 2000 yilda boshlagan. U 400 mln dollarga MXLning «Kolorado Evelansh» xokkey klubi, MBAning «Denver Naggets» basketbol klubi va Pepsi Center arenasini sotib oldi. 2010 yilga kelib u «Sent-Luis Rems» (hozirda «Los-Anjeles Rems») amerikacha futbol jamoasining minoritar aksiyadoriga aylandi va MFL klubining qolgan 60 foiz aksiyasini ham sotib olishga qaror qildi. Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, hozirda uchala klubning narxi 5,7 mlrd dollar atrofida.
Kronke 2007 yilda kompaniyasining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qaror qildi va Londonnning «Arsenal» klubi aksiyalarini sotib oldi. U o‘tgan yili klubning 2,3 mlrd dollarlik aksiyalari nazorat paketini sotib oldi. MLSdagi «Kolorado Repidz» futbol klubi, lakross milliy ligasidagi «Kolorado Mammot» klubi, Altitude Sports & Entertainment sport telekanali hamda «Los-Anjeles Gladiators» va «Los-Anjeles Gerilyas» kibersport jamoalari ham uning Kroenke Sports & Entertainment kompaniyasiga qarashli.
Ammo Kronke bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Uning kompaniyasi kelasi yili SoFi Stadium stadionini ochadi. Kelgusi o‘n yil davomida stadionda MFL finali, talabalar o‘rtasida amerikacha futbol bo‘yicha AQSH chempionati pley-off finali va 2028 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi.
Jerri Jonsga qarashli sport imperiyasi reytingda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Uning barcha aktivlari qiymati 6,9 mlrd dollar deb baholanadi. Jons 1989 yilda 150 mln dollarga MFLning «Dallas Kovboyz» klubini va Texas Stadium stadionidan foydalanish huquqini sotib oldi. Hozirda bu jamoa dunyodagi eng qimmat klub hisoblanadi, uning qiymati 5,5 mlrd dollar deb baholanmoqda. Jonsga shuningdek, sport stadionlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Legends Hospitality kompaniyasi aksiyalarining uchdan bir qismi ham tegishli. Bu hali hammasi emas. Biznesmen Texasdagi Frisko shahrida The Star sport markazini qurdi. Complexity Gaming kibersport jamoasining yirik aksiyalar paketi ham u va uning biznes-hamkori Jon Goffga tegishli.
Fenway Sports Group kompaniyasini ham yirik sport imperiyasi deb atash mumkin. Uning barcha aktivlari qiymati 6,6 mlrd dollarga teng. «Boston Red Soks» beysbol klubi, Angliyaning «Liverpul» klubi, «Raush-Fenvey Reysing» NASCAR poyga jamoasi, kabel telekanali va sport marketing agentligi ham unga tegishli.
Quyida esa eng yirik sport imperiyalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Kroenke Sports & Entertainment

Aktivlari qiymati: $8,4 mlrd
Aktivlari: «Los-Anjeles Rems» (MFL), «Arsenal» (APL), «Denver Naggets» (MBA), «Kolorado Evelansh» (MXL), «Kolorado Repidz» (MLS), «Kolorado Mammot» (lakross milliy ligasi), Altitude Sports&Entertainment sport telekanali, «Los-Anjeles Gladiators» va «Los-Anjeles Gerilyas» kibersport jamoalari
Jerri Jons

Aktivlari qiymati: $6,9 mlrd
Aktivlari: «Dallas Kauboyz» (MFL), The Star sport markazi, Complexity Gaming kibersport tashkiloti, Legends Hospitality kompaniyasi (50 foizdan kamroq aksiya)
Fenway Sports Group

Aktivlari qiymati: $6,6 mlrd
Aktivlari: «Boston Red Soks» (Beysbol asosiy ligasi), «Liverpul» (APL), «Raush-Fenvey Reysing» (NASCAR), Fenway Sports Management sport marketing agentligi
Yankee Global EnterpriseAktivlari qiymati: $6,1 mlrd
Aktivlari: «Nyu-York Yankiz» (Beysbol asosiy ligasi), Legends Hospitality kompaniyasi (50 foizdan kamroq aksiya), YES Network kabel telekanallari tarmog‘i (50 foizdan kamroq aksiya), «Nyu-York Siti» (MLS; 50 foizdan kamroq aksiya)
Madison Square Garden Company

Aktivlari qiymati: $5,9 mlrd
Aktivlari: «Nyu-York Niks» (MBA), «Nyu-York Reynjers» (MXL)
Gleyzer oilasi

Aktivlari qiymati: $5,2 mlrd
Aktivlari: «Manchester Yunayted» (APL), «Tampa-Bey Bakkanirs» (MFL)
City Football Group

Aktivlari qiymati: $4,8 mlrd
Aktivlari: «Manchester Siti» (APL), «Nyu-York Siti» (MLS), «Melburn Siti» (AFL)
Kraft oilasi

Aktivlari qiymati: $4,5 mlrd
Aktivlari: «Nyu-Inglend Petriots» (MFL), «Nyu-Inglend Revolyushn» (MLS), Kraft Analytics Group texnologik kompaniyasi, Ultimate Fighting Championship aralash jang san’atlari tashkiloti (50 foizdan kamroq aksiya)
Maple Leaf Sports & EnteAktivlari qiymati: $3,6 mlrd
Aktivlari: «Toronto Reptors» (MBA), «Toronto Meypl Lifs» (MXL), «Toronto» (MLS), «Toronto Argonavts» (KFL)
Benson oilasi

Aktivlar qiymati: $3,5 mlrd
Aktivlari: «Nyu-Orlean Seynts» (MFL), «Nyu-Orlean Pelikans» (MBA)

376   
Добавить комментарий
Ваше имя: *