Goal24.uz » Жаҳон » “Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya

“Abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo Krishtianuning tug‘ilishini xohlagan”. Ronalduning onasi haqida kichik hikoya

Автор: admin

Krishtianu Ronaldu bugungi kunga kelib “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasining yulduz futbolchisi hisoblanadi. Ronaldu Yevropa chempioni, Chempionlar Ligasining besh karra g‘olibi, shuningdek, “Oltin to‘p” sovrinini ham besh marta qo‘lga kiritgan. Uni hatto futboldan ancha yiroq kishilar yaxshi biladi. Chunki Ronaldu shunchaki futbolchi emas, balki undan ham ortiqroqdir. Bu zamonaviy sportning o‘ziga xos belgisi bo‘lib, allaqachon futbol va basketbol maydonlari yoki tennis kortlaridan tashqariga chiqishga ulgurgan. O‘z zamonasining muvaffaqiyatli sportchisi birinchi navbatda, yorqin media vakili hamdir. Ronaldu faqatgina reklama shartnomalari orqali yiliga yevroda o‘n millionlab pul topadi.

Foto: Google Images
Biroq ko‘pchilik Ronalduning bog‘bon Jose Dinish Aveyru va oshpaz Mariya Doloresh dush Santush Aveyrular oilasida unchalik ham orziqib kutilmagan bola bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni eshitgan bo‘lsa ajab emas. Agar bunga ishonilsa, keyinchalik AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan sharafiga atab ism qo‘yilgan bolani, onasi abort qildirmoqchi bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin.
Bunga ishonish kerakmi yoki yo‘q? Faqatgina mish-mish va ta’na-malomatlarga tayanmaslik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri asl manbaga – 2014-yilda nashr etilgan yulduz futbolchining volidasi haqida hikoya qiluvchi “Onalik jasorati” nomli avtobiografik asarga murojaat etish lozim.
Aveyru xonim mazkur kitobda to‘rtinchi homiladorligi haqida bilgach, bolani ikki marotaba oldirib tashlashga uringanini aytadi. Dastavval, ayol mutaxassisga murojaat qiladi, tekshiruvlardan so‘ng shifokor unga sog‘lom bolani dunyoga keltirish uchun hech narsa to‘sqinlik qilmasligini va abortga hojat yo‘qligini aytadi. Bu esa ayolni biroz ranjitdi.
Ronalduning onasi to‘rtinchi farzandni tug‘ishni istamaganini oilaning moliyaviy imkoniyatlari bilan bog‘laydi. Avvaliga hammasi ko‘ngildagidek bo‘lgan, oila keyinchalik ko‘plab muammolarga duch keladi. Barchasi Ronalduning otasi armiyaga chaqirilganidan va Afrikaga Portugaliya nazoratidagi mamlakatlar, xususan Mozambik va Angoladagi millatchilik harakatlarini bostirish uchun jo‘natilganidan keyin boshlanadi. O‘sha paytga kelib, Aveyrular oilasida ikkita farzand tug‘ilgandi, ammo Dinish armiyadan butunlay “boshqa odam” bo‘lib qaytadi.
Aveyru xonim turmush o‘rtog‘ining urushdan kelgach, ichkilikka ruju qo‘yganini, garchi, hech qayeri tirnalmagan bo‘lsa-da, mayib bo‘lib qaytganini ta’kidlaydi.
“Krishtianuga homiladorlik vaqtimda uni oldirib tashlash haqida o‘ylaganman. O‘shanda 30 yoshda edim va uchta farzandim bor edi. Oilamiz juda kambag‘al yashardi va har xil muammolarga duch kelardi. Erim juda kam pul topardi. Shifokorlar operatsiya qilishdan bosh tortdi. Shunday qilib to‘rtinchi farzandimni tug‘ishga majbur bo‘ldim. Hayotda nimagaki erishgan bo‘lsam, hammasi o‘g‘lim tufayli. Men abort qildirmoqchi bo‘lganman, biroq Xudo buni xohlamagan”,– deb yozadi Doloresh o‘z kitobida.

Foto: Google Images
Shifokorlarning rad javobi uni qoniqtirmaydi, u esa taslim bo‘lishni istamaydi. Homilani tushirish uchun qo‘shni ayolning maslahatiga quloq solib, issiq va qoramtir pivo ichishni, hamda turli nojo‘ya harakatlar qilishni boshlab yuboradi. Yaxshiyamki, ayolning dahshatli rejasi ish bermaydi va bu chaqaloqning sog‘lig‘iga ta’sir qilmaydi.
Ronaldu onasining avtobiografik kitobi Portugaliyada keskin tanqidlarga uchraydi. Bunga sabab mamlakat kelajakdagi futbol dahosidan mahrum bo‘lishi emas, balki Portugaliyada Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda, abort masalasiga jiddiyroq yondashilishidir.
Doloresh Aveyruning o‘zi ham intervyularidan birida bu voqeani birinchi marta o‘g‘liga aytib berganida xavotirga tushganini yashirmagandi. U farzandining buni tushunmasligidan va oilasidan voz kechishi mumkinligidan qo‘rqqandi. Allaqachon muvaffaqiyatga erishgan va badavlat insonga aylangan Ronaldu shunchaki, jilmayib: “Ko‘rdingizmi, ona bir paytlar mendan qutulmoqchi bo‘lgansiz, biroq bunday bo‘lmagan, hozir esa men hammamizni boqyapman”, – degan ekan.
177   
Добавить комментарий
Ваше имя: *