Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Klopp: «Baxtdan yettinchi osmonda edim»

Klopp: «Baxtdan yettinchi osmonda edim»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaviy mashg‘ulotlar boshlanishidan qanchalik xursandligini aytdi.
«Mashg‘ulotlarga qaytishimizni eshitib, baxtdan yettinchi osmonda bo‘ldim! Bu lahzalarni ortiq kuta olmasdim. Endi bazaga qaytib, kichik guruhlarda mashg‘ulotlarni o‘tkazishimiz mumkin. 
Murabbiylar juda ko‘p ish qilishadi, chunki mashg‘ulotlar kichik guruhlarda bo‘ladi. Bizda dam olishga ko‘p vaqt bo‘ldi, shuning uchun hammasi yaxshi o‘tadi. Ortiq kuta olmayman.
Koronavirusga test topshirdik va hammamiz javoblarni kutyapmiz. Testlarda hammasi salbiy natija chiqsa, to‘liq tarkibda mashg‘ulotlarni boshlaymiz», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, APL klublari 19 maydan mashg‘ulotlarga qaytishdi. Ammo mavsum qachon tiklanishi noma’lum.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *