Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » «PSJ» Xoland uchun kurashga qo‘shildi

«PSJ» Xoland uchun kurashga qo‘shildi

Автор: admin

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» va Madridning «Real» klublari Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland uchun kurash olib boradi.
«Real» klubi uzoq vaqtdan beri «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirib kelmoqda. Lekin olib borilgan muzokaralar samara bermadi. Endi ushbu klublari Erling Xoland borasida yana kurash olib borishmoqchi.
Ehtimol, «Real» atayin Erlingning transferi uchun kurashga qo‘shilgan. «Qaymoqranglilar» «PSJ» ushbu hujumchiga jiddiy qiziqish bildirayotganini bilishadi, shuning uchun ushbu raqobatda ularga bosim uyushtirmoqchi. Agar «PSJ» Mbappeni «Real»ga sotishga rozi bo‘lsa, u holda madridliklar Xoland uchun poygadan chiqadi.
Hozircha Erling Xoland «Borussiya» klubini kelayotgan transfer bozorida tark etish niyatida ekanligini aytmadi. Vaholanki, u Bundesligada qolish niyatida ekanligini bir necha marotaba aytib o‘tdi.

90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *