Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Lautaroni asli “Real” topgani oshkor bo‘ldi. Foydasini "Barsa" ko‘radi

Lautaroni asli “Real” topgani oshkor bo‘ldi. Foydasini "Barsa" ko‘radi

Автор: admin

“Barselona”ning orzusiga aylangan Lautaro Martines taqdir taqozosi bilan “Real”ga o‘tib qolishi mumkin edi.
Argentinaning “Rasing” jamoasi akademiyasida Martinesni tarbiyalagan murabbiylaridan Adrian Ruben Fernandes aytishicha, madridliklar skautlari Lautaroning iste’dodini juda erta payqagan va klubga olib ketmoqchi bo‘lganlar.
U juda aqlli, maqsad sari intiluvchan va kamtar yigit edi. Doim professional bo‘lishga intilgan. Lautaro maslahatimizga quloq tutdi va  “Real”ga rad javobini berib, biz bilan qoldi. “Rasing” tarkibida Argentina oliy divizionida tup surdi. Mana endi u “Barselona”da Messi bilan birga o‘ynab, mahoratini yanada oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda, dedi Ruben Fernandes.
Lautaro “Rasing”dan “Inter”ga 2018 yili 25 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. 22 yoshli futbolchi milanliklar tarkibida jami turnirlarda 66 ta o‘yinda 25 gol urdi. Ayni paytda "Barsa" uni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Transfer deyarli pishib bo‘lgan. 


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *