Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Atletik»ning XXI asrdagi eng yaxshi to‘purari faoliyatini yakunladi

«Atletik»ning XXI asrdagi eng yaxshi to‘purari faoliyatini yakunladi

Автор: admin

«Atletik» hujumchisi Arits Aduris futbolchilik faoliyatini yakunladi.
39 yoshli futbolchi jamoa tarkibida umumiy hisobda 407ta o‘yinda maydonga tushib, 172ta gol urgan. U «Atletik»ning XXI asrdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
To‘purarlarning umumiy reytingida Aduris oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda 335ta gol urgan Telmo Sarra.
Aduris faoliyatida «Aurrera», «Burgos», «Valyadolid», «Malorka» va «Valensiya» klublarida ham o‘ynagan. Ispaniya milliy jamoasi tarkibida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. 2 marta Yevropa Ligasi to‘purari bo‘lgan. Shuncha marta La Liganing ispaniyalik futbolchilari orasida to‘purar bo‘lib, Sarra mukofotini qo‘lga kiritgan.
Aduris faoliyatini Ispaniya Kubogi finalidan o‘rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi bahsdan keyin yakunlamoqchi edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yin boshqa sanaga qoldirildi.


99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *