Goal24.uz » Ўзбекистон » Rossiyalik futbol agenti: «Yaxshiboyev – Belarus Oliy ligasidan Rossiya Premer-ligasida o‘ynay oladigan yagona futbolchi»

Rossiyalik futbol agenti: «Yaxshiboyev – Belarus Oliy ligasidan Rossiya Premer-ligasida o‘ynay oladigan yagona futbolchi»

Автор: admin

Rossiyalik taniqli futbol agenti Timur Gurskaya «Komment shou» ko‘rsatuvida Belarus Oliy ligasi haqida fikr bildirib, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Yaxshiboyevni kuzatib borayotganligini ta’kidladi.

«Belarus chempionatida «Neman» klubiga ishqibozlik qilardim. Endi esa «Energetik-BGU» klubiga muxlislik qilishni boshladim. U yerda o‘zbekistonlik yaxshi futbolchi - Jasur Yaxshiboyev to‘p surmoqda. Ochig‘ini aytsam, Yaxshiboyev Belarus Oliy ligasidan Rossiya Premer-ligasida o‘ynay oladigan yagona futbolchi bo‘lib turibdi», - deydi 
rossiyalik taniqli futbol agenti.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Jasur Yaxshiboyev «Energetik-BGU» klubi safidagi 9 o‘yinda 6ta gol kiritib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Uning klubi esa 18 ochko jamg‘arib, 3-o‘rindan joy olgan.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *