Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » "Four Four Two" APLning so‘nggi 10 yildagi eng kuchli 10ta murabbiyi nomini e’lon qildi

"Four Four Two" APLning so‘nggi 10 yildagi eng kuchli 10ta murabbiyi nomini e’lon qildi

Автор: admin

Taniqli Four Tou Four nashri APLda so‘nggi 10 yil davomida faoliyat olib borgan eng kuchli 10 ta murabbiy nomini e’lon qildi.
10 o‘rin. Klaudio Ranyeri (Italiya)
Bu murabbiyni ushbu ro‘yxatga kiritmaslikka hech kimning xaqqi yo‘q. To‘g‘ri, italiyalik mutaxassis jamoa rahbarlari tomonidan iste’foga chiqarilgan, biroq u amalga oshirgan qahramonlik bir necha o‘n yillar davomida turli maqolalar uchun mavzu bo‘lishda davom etaveradi.
9 o‘rin. Roy Xodjson (Angliya)
Ushbu ro‘yxatdam joy olgan yagona ingliz murabbiysi haqida ortiqcha tarifga xojay yo‘q. “Fulhem” bilan iljsiz ishlarni amalga oshirgan murabbiy ortiqcha pul sarflamay kuchli jamoa shakillantirish borasida chinakam daxo sanaladi. Ayni damda u boshqaruvidagi “Kristal Pelas” so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
8 o‘rin. Joze Mourinyo (Portugaliya)
Portugaliyalik murabbiy “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dagi iste’folari tufayli ushbu ro‘yxatning quyi qismidan o‘rin olmoqda. Shunday bo‘lsada, so‘nggi 10 yil davomida portugaliyalik murabbiyning 5 ta sovrin yutganini unutmaslik lozim.
7 o‘rin. Brendan Rodjers (Shimoliy Irlandiya)
“Suonsi”, “Liverpul” va “Lester”da ajoyib jamoani shakillantira olgan murabbiyga ko‘pincha past baho beriladi. Shuni unutmaslik kerak. Ayni damdagi “Liverpul”ning suyagini (Milner, Firmino,Gomes…) Shimoliy Irlandiyalik murabbiy shakillantirib ketgan.
6 o‘rin. Rafael Benites (Ispaniya)
“Chelsi”ga Yevropa Ligasini yutib bergan murabbiy “Nyukasl” jamoasini stabillashtirishga muvaffaq bo‘libgina qolmay, klubning ko‘plab muammolarini bartaraf etishni uddaladi.
5 o‘rin. Antonio Konte (Italiya)
APLga moslashib olish uchun boshqalar singari vaqt talab etmagan murabbiy ilk chempionlikni 93 ochko bilan qo‘lga kiritdi. Bu Gvardiolaning natijasida 15 ochko yaxshiroq degani! Uning jamoasi harakat qilgan 3-4-3 sxemasi esa butun dunyoda urfga kirdi. 4 mesto. Aleks Fergyuson
4 o‘rin Aleks Fergusson (Shotlandiya)
Ser Aleksning oldin davri 20 asr so‘nggi va yangi asrning ilk 10 yiligida ortda qolganiga qaramay, murabbiy o‘z jamoasini yuqori formada ushlab qolishni uddladi. Bundan tashqari, o‘zining so‘nggi mavsumidagi chempionligidan so‘ng, klub muxlislari kimni yo‘qotib qo‘yishganini endi anglashmoqda.
3 o‘rin Pochettino
Sovrinlar o‘z yo‘liga. Ortiqcha pul sarf etmay turib APLda 5 yil ketma-ket sovrinli o‘rinlarni band qilgan jamoa murabbiyini alohida qayd etmaslikning iloji yo‘q. Uning mehnatlari evaziga klub yangi stadionli bo‘lib olishga muvaffaq bo‘lganini unutmaslik lozm!
2 o‘rin Yurgen Klopp
Yurgen APLdan boshqa barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni uddaladi. Agar bu mavsum bu marrani ham zabt etsa, uni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz mumkin. Hozircha bu ro‘yxatning birinchi o‘rini band.
Pep Gvardiola
3 yil davomida 7 ta ingliz sovrini, 198 ochko va ikkita ketma-ket chempionlik,135 ta uchrashuvda 101 ta g‘alaba, yil davomida 169 ta gol va ikki bor yil murabbiyi unvoni. Shunchaki “Daxshat”!!!
Manba: FourFourTwo

130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *