Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » De Yong: «Hali o‘ynashga tayyor emasman»

De Yong: «Hali o‘ynashga tayyor emasman»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong mavsumning tiklanishi haqida gapirdi.
«Jamoadoshlarim bilan ko‘rishish yoqimli. Odatda biz 3-4 hafta bir-birimizni ko‘rmasdik. Hozir esa deyarli 3 oy to‘planmadik. 
Menga mashg‘ulotlar, jamoadoshlar va futbol yetishmadi. O‘ylashimcha, individual mashg‘ulotlar bilan boshlashimiz kerak, chunki karantinda hamma har xil ishladi.
O‘zimni yaxshi his qilyapman. Niderlandiyada formamni saqlash uchun shug‘ullandim. Lekin futbol o‘ynashga tayyorman, deb o‘ylamayman. Bizga bir necha haftalik mashg‘ulotlar kerak. Avval individual, keyin kichik guruhlarda, so‘ng jamoaviy. Bir necha haftadan keyin o‘ynashga tayyor bo‘lamiz», – deb de Yongning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *