Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Yovichning Italiyaga ketish ehtimollari yuqori

Yovichning Italiyaga ketish ehtimollari yuqori

Автор: admin

“Real” Madrid klubi forvardi Luka Yovich “Milan”ning short-listida eng yuqori o‘rinni egallab turibdi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, “rossonerilar” 22 yoshli serbiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olishmoqchi. Biroq, Yovichning yuqori maoshi milanliklarga biroz qimmatlik qilyapti. Ularning fikricha yiliga 5 mln evro bu juda ko‘p. Lekin shunga qaramay, “Milan” bu boradagi muzokaralarni davom ettirmoqda.
“Real” Yovichni o‘tgan yilning yozida “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum La Ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *