Goal24.uz » Европа жамоалари » Gvardiolaning omadsiz transferlari reytingi tuzildi

Gvardiolaning omadsiz transferlari reytingi tuzildi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatida ko‘plab transferlarni amalga oshirgan. Ammo ularning barchasi ham muvaffaqiyatli chiqmagan.
GiveMeSport nashri ispaniyalik mutaxassisning omadsiz transferlari reytingini tuzdi. Birinchi pog‘onadan «Barselona»ning 2009 yilda «Inter»dan 62,5 mln funt evaziga xarid qilgan hujumchisi Zlatan Ibrahimovich joy oldi. Shvetsiyalik to‘purar «ko‘k-anorranglilar» tarkibida atigi 1 mavsum o‘ynadi va 16ta gol urdi. Shundan so‘ng, bosh murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli jamoani tark etdi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2008 - 2012 yillarda «Barselona»ni, 2013 – 2016 yillarda «Bavariya»ni boshqargan.
Top-10 Gvardiolaning omadsiz transferlari reytingi tuzildi:
1. Zlatan Ibrahimovich («Inter»dan «Barselona»ga, 2009 yil) - 62,5 mln funt
2. Aleksandr Gleb («Arsenal»dan «Barselona»ga, 2008) - 15,3 mln funt
3. Dmitriy Chigrinskiy («Shaxtyor»dan «Barselona»ga, 2009) - 22,5 mln funt
4. Klaudio Bravo («Barselona»dan «Manchester Siti»ga, 2016) - 16,2 mln funt
5. Nolito («Selta»dan «Manchester Siti»ga, 2016) - 16,2 mln funt
6. Keyrrison («Palmeyras»dan «Barselona»ga, 2009) - 12,6 mln funt
7. Martin Kaseres («Vilyarreal»dan «Barselona»ga, 2008) - 14,85 mln funt
8. Jon Stounz («Everton»dan «Manchester Siti»ga, 2016) - 50 mln funt
9. Yan Kirxgoff («Mayns»dan «Bavariya»ga, 2013) – erkin agent
10. Danilo («Real»dan «Manchester Siti»ga, 2017) - 26,5 mln funt


84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *