Goal24.uz » Ўзбекистон » Azim Ahmedov: Janubiy Koreya va Yaponiyadan aqlga sig‘mas takliflar bo‘ldi, biroq “Navbahor”da qolishga qaror qildim

Azim Ahmedov: Janubiy Koreya va Yaponiyadan aqlga sig‘mas takliflar bo‘ldi, biroq “Navbahor”da qolishga qaror qildim

Автор: admin

“Janubiy Koreya va Yaponiyadan juda zo‘r takliflar tushdi. Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati hokimi), namanganlik muxlislar va yangi rahbariyat bilan maslahatlashgan holda shu yerda qolishga qaror qildim. Akam Odil Ahmedov ham “Navbahor”da qolishimni maslahat berdi. Bu yilgi maqsadimiz Osiyo Chempionlar Ligasiga chiqish. Variantlar keyingi yili ham bo‘laveradi va o‘shanda ularni ko‘rib chiqishga tayyorman.
O‘tgan yili muxlislar orasida men haqimda juda yomon fikrlar bo‘ldi, shunday bo‘lsa ham ularni tashlab keta olmadim. Qolishimning asosiy sababi mana shu muxlislar. Joriy mavsumda “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o‘yinda stadiondagi atmosferani o‘zingiz ko‘rdingiz. Bu muxlislarni tashlab ketolmasdim.
Moliyaviy tomon? Hozirgi maoshimdan 5-6 barobar ko‘p, aqlga sig‘mas darajada maosh taklif etildi. Ko‘pchilik aytadi, senga pulni nima keragi bor deb. Meni ham oilam bor, shu yoshga kirib ham akamdan pul so‘rab yurmayman-ku. Bu yili jonimni berib o‘ynayman, 2021-yilda bu masalani yani bir bor o‘ylab ko‘raman”, — deydi Ahmedov.
Azim Ahmedov 2019-yilgi mavsum avvalida “Paxtakor”dan “lochinlar” safiga o‘tgandi.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *