Goal24.uz » Европа жамоалари » «PSJ» Ikardining transferi bo‘yicha «Inter»ga jiddiy taklif yubordi

«PSJ» Ikardining transferi bo‘yicha «Inter»ga jiddiy taklif yubordi

Автор: admin

"PSJ" klubi "Inter" bilan hujumchi Mauro Ikardining transferi borasida muzokara olib bormoqda.

Jurnalist Fabrisio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli futbolchi uchun "neradzurri"ga 50 million yevro va yana 10 million yevro bonus shaklida taklif yuborishdi.

Bir yil avval klublar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasida "Pari Sen-Jermen" argentinalik futbolchini 70 million yevroga sotib olishi mumkinligi haqida band kiritilgan edi.

Ikardi ushbu mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 31ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Manba: soccernews.ru

78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *