Goal24.uz » Европа жамоалари » Mourino: «Real»ga uch marta rad javobini berib bo‘lmaydi»

Mourino: «Real»ga uch marta rad javobini berib bo‘lmaydi»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino 2010 yilda «Inter»dan «Real»ga qanday qilib o‘tgani haqida gapirib berdi.
Milan klubidagi so‘nggi mavsumida u Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan edi.
«Chempionlar Ligasi finalidan oldin «Real» bilan hech qanday kelishuv yo‘q edi. Kimdir madridliklar mehmonxonada men bilan uchrashgani haqida yozdi – bu yolg‘on. 
Faoliyatimni «Real»da davom ettirishni istadim. Ular 2009 yildayoq men bilan bog‘lanishgan edi. Ammo rahbariyat ruxsat bermadi. «Chelsi»ga o‘tganimda ham «Real»ga rad javobini berganman. Vaholanki, ularga uch marta «yo‘q» deb bo‘lmaydi.
Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Barselona» to‘sig‘idan o‘tgach, «Inter»ni tark etishga qaror qildim. Jamoada baxtli bo‘lsam-da, bu qarorni to‘g‘ri deb hisoblayman», — deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *