Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Iguain faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligini oshkor qildi

Iguain faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligini oshkor qildi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini «River Pleyt»da yakunlash istagi haqida gapirdi. 
«River» – mening rivojlanishimga imkoniyat taqdim etgan, «Real»ga o‘tgunimcha hamma narsani bergan klub. Hozircha nima bo‘lishini bilmayman. Ayni vaqtda bor xayolim «Yuventus»da.
Galyardo («River Pleyt» bosh murabbiyi) jamoasi juda jozibali o‘ynaydi. Ularda sifat, kuch – hamma narsa bor. Ularning markaziy hujumchisida juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi. «River»da o‘ynagan sobiq futbolchilar, shubhasiz, jamoani kuzatib, o‘zlarini o‘sha yerda ko‘rishadi.
Galyardo barchaning e’tiborini tortdi va u bunga loyiqdir. Faoliyatimni yakunlash uchun «River»ga qaytish haqida o‘ylayapman», – deb Iguainning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Ma’lumot o‘rnida, argentinalik hujumchining turinliklar bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.


75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *