Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Pochettino faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligini aytdi

Pochettino faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligini aytdi

Автор: admin

Londonning «Tottenhem» klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino keyingi faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
«Angliyani yaxshi ko‘raman. Yashash uchun Londonda qolmoqchiman. Shunga qaramay, boshqa davlat klublarining taklifi uchun ochiqman. Murabbiylik faoliyatimni davom ettirishga tayyorman. Murabbiylar shtabimiz «Espanol», «Sauthempton» va «Tottenhem»dagi faoliyati davomida ko‘p narsalarga o‘rgandi. Bizga ishonch bildiradiganlarga ko‘p narsa bera olishimiz mumkin.
APLning top-6ligiga kirmaydigan klubni boshqarish? Bilasizmi, Angliyada oltilik doim o‘zgarib turadi. Jadvalga qarang, «Tottenhem» yoki «Arsenal»ni u yerdan topa olmaysiz. Hamma jamoani hurmat qilaman. Klublar pul tikib, katta hajmdagi ishlarni olib borishmoqda. Men taklifni ko‘rib chiqqan bo‘lardim», - deydi Pochettino Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, «Nyukasl» klubi Pochettino nomzodiga qiziqish bildirib, tez orada argentinalik mutaxassis bilan muzokara boshlamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.


83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *