Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Eng qimmat himoyachilardan biri «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin

Eng qimmat himoyachilardan biri «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin

Автор: admin

«Bavariya» himoyachisi Lyuka Ernandes yozda «Nyukasl»ga o‘tishi mumkin.
Bild xabariga ko‘ra, arab investorlari ingliz klubini qo‘lga kiritsa, transferning amalga oshish ehtimoli katta.
Eslatib o‘tamiz, Ernandes 2019 yili yozda «Atletiko»dan «Bavariya»ga 80 mln yevro evaziga o‘tgan edi. O‘sha paytda u Virjil van Deykdan keyin tarixdagi eng qimmat himoyachi bo‘ldi.
Bu mavsumda Lyuka «Bavariya» tarkibida 14ta o‘yinda maydonga tushdi.
Avvalroq, «Nyukasl» xo‘jayini Mayk Eshli Saudiya Arabistoni investitsiya fondiga klubni 300 mln funtga sotayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mish-mishlarga qaraganda, arablar jamoani APLda raqobatbardosh qilishadi va Garet Beyl, Filipe Koutino va boshqa ko‘plab taniqli futbolchilar transferini amalga oshirishadi.


88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *