Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Messi — 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida YECHLning eng yaxshi to‘purari (+ro‘yxat)

Messi — 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida YECHLning eng yaxshi to‘purari (+ro‘yxat)

Автор: admin

GiveMeSport sayti 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni «Barselona» sardori Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi 23 yoshgacha musobaqa doirasida 25ta gol urishga erishgan edi.

Ikkinchi o‘rin «Real» klubi sobiq sardori Raulga nasib etdi (22 gol). Uchinchi pog‘onani «PSJ»ning 21 yoshli forvardi Kilian Mbappe band etdi (19).

Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Krishtianu Ronaldu top-10ga kirmadi. U 23 yoshigacha turnirda bor-yo‘g‘i 8ta gol urgan edi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida YECHLning eng yaxshi to‘purarlari:

1. Lionel Messi («Barselona») — 25 gol
2. Raul (eks-«Real») — 22
3. Kilian Mbappe («PSJ») — 19
4. Karim Benzema («Real») — 17
5. Alessandro Del Pyero (eks-«Yuventus») — 16
6. Andrey Shevchenko («Dinamo» Kiyev, «Milan», «Chelsi») — 16
7. Xavyer Saviola («Barselona») — 15
8. Gabriel Jezus («Manchester Siti») — 13
9. Ueyn Runi (eks-«Manchester Yunayted») — 13
10. Sesk Fabregas («Monako»), Erling Xoland («Borussiya» D), Patrik Klyuyvert («Ayaks», «Milan», «Barselona») — 10.
Manba: sport24.ru

129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *