Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » “Rostov” Shomurodovning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

“Rostov” Shomurodovning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

Автор: admin

Ommaviy axborot vositalarida “Orenburg” jamoasining eng zo‘r to‘purari Jorje Despotovich shartnomasi yakunlangani sababli boshqa jamoaga o‘tishi haqida ma’lumotlar ko‘paydi. Ularning orasida bu hujumchiga “Rostov” jiddiy qiziqayotgani haqida ham xabarlar bor.
28 yoshli serbiyalik futbolchi Qozog‘iston chempionatida “Jetisu”, “Qayrat”, “Tobol”, “Astana” kabi jamoalarda faoliyat olib borganidan so‘ng, 2019 yili “Orenburg” tarkibiga qo‘shilgandi.
Dastlabki mavsumda Rossiya chempionatida  23 ta uchrashuvda to‘rtta gol urgan hujumchi, bu yilgi premer-liga bahslarida 20 ta o‘yinda sakkizta golga mualliflik qildi. U qayd etayotgan ko‘rsatkichlar qator jamoalar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa, uni erkin agentga aylangani va istalgan jamoaga tekinga qo‘shilishi mumkinligi jamoalarga juda ma’qul kelmoqda. Har holda Despotovich mahoratli hujumchi ekanini hech kim rad etolmaydi.

Hujumchining vakili Yuriy Gorbenko Despotovichga TsSKA, “Lokomotiv”, “Rostov” va “Trabzonspor”dan taklif bo‘layotganini ma’lum qildi. Ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida  rostovliklarning taklifi jiddiy ekanini aytgan. Qolaversa, hujumchining o‘zi ham faoliyatini Rossiya premer ligasida davom ettirmoqchi.
Ayrim mulohazalarga ko‘ra, “Rostov” bu hujumchini asosiy to‘purari Eldor Shomurodovga o‘rinbosar sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Chunki bugungi kunda Despotovichga Evropadan talab yo‘q. Buni Yuriy Gorbenko ham tan oldi. Eldor Shomurodov esa qator klublarni qiziqtirmoqda. Ayniqsa, Germaniyadan aniq taklif bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatilgan.
Albatta, “Rostov” munosib taklif bo‘lsa o‘zbekistonlik legionerni uzoq vaqt ushlab qola olmaydi. Eldorning o‘zi ham Evropaning kuchli chempionatlarida to‘p surishga tayyor. Kutamiz, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.  
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *