Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Gyotse «Borussiya»ni tark etdi

Gyotse «Borussiya»ni tark etdi

Автор: admin

«Borussiya Dortmund»ning sport direktori Mixael Sork yarimhimoyachi Mario Gyotsening klubni tark etganini ma’lum qildi.
«Gyotse bilan hamkorligimiz yozda nihoyasiga yetadi. Bu haqda o‘zaro suhbatlashib, kelishib oldik. Mario – juda yaxshi yigit», – deb mulozim so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Deutschland.
Avvalroq, futbolchining xizmatiga «Milan», «Latsio» va «Roma» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 
Bu mavsumda Gyotse Bundesligada 14ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi. «Borussiya Dortmund» bosh murabbiyi Lyusen Favr so‘zlariga ko‘ra, jamoa sxemasi futbolchiga to‘g‘ri kelmaydi.


71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *