Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alabaga erishdi, “Bayer” Myunxengladbaxda uch ochkoga ega bo‘ldi

Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alabaga erishdi, “Bayer” Myunxengladbaxda uch ochkoga ega bo‘ldi

Автор: admin

Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Volfsburg” bilan bahs yuritdi. 32-daqiqada Rafael Gerreyru hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Ashraf Hakimi mehmonlarning ikkinchi golini urgan holda “Borussiya”ning g‘alabasini ta’minladi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri Myunxengladbaxda kechdi. Unda mahalliy “Borussiya” jamoasi “Bayer”ni qabul qildi. Kay Havertsning dubli va Sven Benderning goli leverkuzenliklarga g‘alaba olib keldi.
“Bayer” mazkur g‘alaba evaziga ochkolarini 53 taga yetkazib oldi va “Borussiya M”ni (52) ortda qoldirgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Borussiya D” (57) ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Bundesliga
27-tur bahslari
23-may, shanba

“Volfsburg” — “Borussiya D” 0:2

Gollar: 0:1 – 32 Gerreyru, 0:2 – 78 Hakimi.
“Volfsburg”: Kastels, Russiyon (Klaus, 64), Mbabu, Pongrachich, Bruks, Arnold, Shteffen, Shlager, Ginchek (Brekalo, 64), Vegorst, Mehmedi (Joao Viktor, 85).
“Borussiya D”: Byurki, Hummels (Jan, 46), Akanji, Pishchek, Hakimi, Dileyni (Balerdi, 83), Gerreyru (Shmelser, 83), Azar (Reyna, 79), Daud, Brandt (Sancho, 65), Holand.
Ogohlantirishlar: Dileyni (55), Ginchek (60), Bruks (65), Azar (74), Arnold (86), Shlager (90).
Chetlatish: Klaus (82).

“Borussiya M” — “Bayer” 1:3

Gollar: 0:1 – 7 Haverts, 1:1 – 52 Tyuram, 1:2 – 58, penalti Haverts, 1:3 – 81 Bender.

“Paderborn” — “Hoffenhaym” 1:1

Gollar: 0:1 – 4 Skov, 1:1 – 9 Srbeni.

“Frayburg” — “Verder” 0:1

Gol: 0:1 – 19 Bitenkur.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *