Goal24.uz » Европа жамоалари » Koutinoning qaysi klubga o‘tmoqchi bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Koutinoning qaysi klubga o‘tmoqchi bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan braziliyalik yarimhimoyachi Filippe Koutino yozgi transfer oynasida Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda, deya yozadi El Mundo Deportivo.
Manbaning yozishicha, 27 yoshli braziliyalik futbolchi o‘ziga tushayotgan takliflar orasidan Londonning «Chelsi» klubiga o‘tish istagini bildirgan. Futbolchining vakillari bu borada «Barselona» rahbariyatini xabardor qilgan.
Koutinoga «Chelsi»dan tashqari «Manchester Yunayted», «Tottenhem», «Arsenal» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirgandi. Hozirda «Bavariya»da ijara asosida to‘p surayotgan yarimhimoyachini Myunxen klubi sotib olishdan voz kechib, uning Kataloniyaga qaytarilishi borasida xabarlar chiqqandi. Barselonaliklar ham pandemiya sababli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar bois braziliyalikni sotib yuborishga tayyor. Filippe ushbu mavsumda Bundesligadagi 22 o‘yinda 8ta golga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» Premer-ligada hozircha 4-o‘rindan joy olgan bo‘lib, keyingi mavsumda ham Chempionlar ligasida to‘p surish imkoniyatini saqlab qolgan.



68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *