Goal24.uz » Европа жамоалари » Fabregas «MYU» emas, «Arsenal»ni tanlagani sababini aytdi

Fabregas «MYU» emas, «Arsenal»ni tanlagani sababini aytdi

Автор: admin

Hozirda «Monako»da to‘p surayotgan Sesk Fabregas o‘z vaqtida takliflar orasidan «Manchester Yunayted» emas, «Arsenal»ni tanlagani sababini aytdi.
«15 yoshimda «Arsenal» skauti ota-onam bilan gaplashish uchun Kataloniyaga kelib, biz bilan bir qator masalalarni gaplashib ketgandi. U mening «Arsenal» va Angliya Premer-ligasi uchun juda mos kelishimni aytib, ishontirishga harakat qilgani yodimda.
O‘shanda «Arsenal»dan tashqari «Manchester Yunayted» ham menga taklif bilan chiqqandi. Yozda London va Manchesterda bo‘lib, klublar bilan tanishgandim. Iyun oyi bo‘lgani uchun barcha ta’tilda edi. Ikkilanib turganimda Arsen Venger shaxsiy samolyotda shaxsan men bilan uchrashish uchun yetib kelgan edi. Bu meni hayratlantirgan. Axir, 15 yoshli oddiy bola bilan uchrashish uchun shaxsan Vengerdek murabbiyning o‘zi yetib kelishi katta ishonch edi. Biz klub qarorgohini aylanib, jamoaning reja va maqsadlari haqida gaplashgandik. Bu loyiha meni juda qiziqtirgan va 2003 yilda «Arsenal»ga o‘tishimga sabab bo‘lgan», - deydi Fabregas Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Fabregas 2003-2011 yillar davomida «kanonirlar» safida to‘p surgan. Shuningdek, «Barselona» va «Chelsi» safida to‘p surib, 2019 yilgi mavsumda «Monako»ga o‘tgandi.



84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *