Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » "Bavariya"ga qarshi kechadigan 1-o‘rin uchun o‘yinda "Borussiya" etakchisi ishtirok etolmasligi mumkin

"Bavariya"ga qarshi kechadigan 1-o‘rin uchun o‘yinda "Borussiya" etakchisi ishtirok etolmasligi mumkin

Автор: admin

"Borussiya" Dortmund klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr tig‘iz taqvim sabab Jeydon Sancho Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
“U jamoa bilan bor yo‘g‘i 10 kundan buyon shug‘ullanmoqda. Bu etarli emas. Shu bois uning seshanba kungi bahsda ishtirok etishiga kafolat bera olmayman”, - deydi Favr.
Sancho kecha Bundesliganing 28-turida “Volfsburg”ga (2:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Hozirda "Bavariya" hamda "Borussiya D" Bundesliga musobaqa jadvalida 1- va 2-o‘rinda borishmoqda. Ular orasidagi farq bor yo‘g‘i 1 ochkoni tashkil etadi.


70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *