Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi «Barsa»ni qaysi sabab tufayli tark etmoqchi bo‘lganligini ma’lum qildi

Messi «Barsa»ni qaysi sabab tufayli tark etmoqchi bo‘lganligini ma’lum qildi

Автор: admin

«Barselona» forvardi Lionel Messi 2016 yilda Kataloniya klubini tark etishga yaqin bo‘lganligini aytib o‘tdi. Argentinalik futbolchi atrofidagi mojarolar sabab klubdan ketmoqchi bo‘lgan.
«Chindanam o‘shanda jamoadan ketmoqchi bo‘lgandim. «Barsa»ni tark etish xohishi uchun emas, Ispaniyadan ketishni istaganim sababli edi bu. Menga nisbatan yomon munosabatda bo‘layotganliklarini sezganim uchun bu yerda qolishni istamagandim. Shunga qaramay, menga boshqa klublardan hech qanday rasmiy taklif tushmagan. Chunki hamma Kataloniyada qolish istagimni yaxshi bilgan.
Men va oilam uchun qiyin damlar edi. Yaxshi hamki, bolalarimiz kichik edilar va nima bo‘layotganligini tushunishmagan. Hozirda faoliyatimni faqat «Barselona»da yakunlash haqida o‘ylayapman», - deya Messining so‘zlarini keltirmoqda RAC1.
Ma’lumot uchun, 2016 yilda Messi va uning otasi Ispaniya sudi oldida 2007-2009 yillardagi daromadlarini soliqdan yashirganlikda ayblanib, 4,1 million yevro miqdoridagi jarimaga tortilgandi.



208   
Добавить комментарий
Ваше имя: *