Goal24.uz » Ўзбекистон » RPL tarixidagi o‘rta osiyoliklardan iborat ramziy jamoaga O‘zbekistondan 7 futbolchi kiritildi

RPL tarixidagi o‘rta osiyoliklardan iborat ramziy jamoaga O‘zbekistondan 7 futbolchi kiritildi

Автор: admin

Sportbox.ru sayti Rossiya milliy chempionati tarixidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy jamoasida to‘p surgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi. 
Rus nashriga ko‘ra, SSSR parchalangandan keyin Rossiya chempionatida to‘p surgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘izistonda tug‘ilgan yoki ushbu mamlakatlar milliy jamoasi sharafini himoya qilgan 120 nafarga yaqin futbolchilar orasidan 11 nafar futbolchi tanlandi.
E’tiborlisi, ushbu ramziy jamoadan o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini himoya qilgan 7 nafar futbolchi joy olgan. 
Xususan, darvozadan Aleksandr Polyakov o‘rin olgan. «Krilya Sovetov» jamoasi sobiq posboni rossiyalik futbolchi sanalsa-da, O‘zbekiston milliy jamoasidan ham taklif olgandi. 
Himoyachi Oleg Pashinin ham Moskvaning «Lokomotiv» klubidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab O‘zbekiston milliy jamoasi uchun «mahalliylashtirilgan» edi. O‘ng qanotdagi o‘zbekistonlik himoyachi Andrey Fyodorov «Rubin» sharafini munosib himoya qilgan.
Yarimhimoyadagi 4 futbolchidan 3 nafari O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq va hozirgi a’zolaridir. Jumladan, yana bir «mahalliylashgan» Vladimir Maminov tayanch yarimhimoyasidan joy olgan bo‘lsa, «Alaniya»da porlagan Mirjalol Qosimov va yulduzli «Anji»da yo‘qolib qolmagan Odil Ahmedovga ham markazdan o‘rin berilgan.
Hujum chizig‘idan esa Rossiya Premer-ligasi to‘purarlaridan biri bo‘lib turgan «Rostov» forvardi Eldor Shomurodov tanlangan.
Shuningdek, tarkibga Tojikistondan ikki, Turkmaniston va Qozog‘istondan bir nafardan futbolchilar kiritildi. 
Rossiya Premer-ligasi tarixidagi o‘rta osiyoliklardan iborat ramziy jamoa:
Darvozabon: Aleksandr Polyakov (O‘zbekiston)
Himoyachilar: Andrey Fyodorov (O‘zbekiston), Oleg Pashinin (O‘zbekiston), Rashid Rahimov (Tojikiston), Igor Cherevchenko (Tojikiston)
Yarimhimoyachilar: Vladimir Maminov (O‘zbekiston), Mirjalol Qosimov (O‘zbekiston), Odil Ahmedov (O‘zbekiston), Dmitriy Xomuxa (Turkmaniston)
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), Vladimir Nidergaus (Qozog‘iston).




153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *