Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » "Ayaks" Messining hamyurtini "Barselona"ga qanchaga sotishini ma’lum qildi

"Ayaks" Messining hamyurtini "Barselona"ga qanchaga sotishini ma’lum qildi

Автор: admin

"Ayaks" klubi "Barselona"ni qiziqtirib qo‘ygan himoyachisi Nikolas Talyafikoni sotishga tayyor.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, amsterdamliklar 27 yoshli argentinalik futbolchining transferini 25 million evroga baholashmoqda.
"Barselona" esa Talyafikoni transferga qo‘ygan himoyachisi Xunior Firpo o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Talyafiko bu mavsum “Ayaks” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.


77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *