Goal24.uz » Жаҳон » 13 yosh? Professional futbolda erta debyut qilgan yulduzlar

13 yosh? Professional futbolda erta debyut qilgan yulduzlar

Автор: admin

Yaqindagina start olgan Bundesliga uchrashuvlarining birida “Bayer” safida 17 (15 kunli) yoshli Florian Virs o‘zining debyut uchrashuvida maydonga tushdi. U klub safida to‘p surgan eng yosh futbolchiga aylandi. Xo‘sh yana qaysi futbolchilar kutilganidan ancha erta katta futbolga qadam qo‘ygan? Bugun professional futbolga erta qadam tashlaganiga qaramay, katta yutuqlarga erishgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.
Erling Xoland
 
Norvegiyalik vundrkind professional faoliyatini boshlaganida 15 yosh (9 oyligu 21 kun) edi. Norvegiyaning 2-dvizionida to‘p tepayotgan “Bryuyne” jamoasi Xoland uchun tom ma’nodagi tramplin vazifasini o‘tab berdi. Norgeyadagi o‘ta yuqori bo‘lmagan raqobat sababli imkon taqdim etilgan Xoland yakunda barchaning ishonchini to‘liq oqladi. Ayni damda “Borussiya Dortmund” safida “javlon urayotgan” futbolchi tez orada “Real Madrid”ga o‘tishi bashorat qilinmoqda. 2016-yilda katta futbolga kirib kelgan “bolakay” qisqa fursatda shuxrat qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Martin Edegor
 
Ushbu ro‘yxatimizdagi yana bir norvegiyalik futbolchi. Tan olish lozim, “Real” safiga borib qo‘shilgan uning o‘yinlarida keskin pasayish kuzatildi. Oqibatda, “qirollik klubi” uni ijaraga berib yuborishni boshladi. Bir qarashda yana bir tineyjerning faoliyatiga nuqta qo‘yilgandek tuyulgan edi, biroq Martin “Real Sosyedad” safida barchasini boshidan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Edegor 2014 yilning 13 aprel sanasida 15 yosh (3 oy 27 kun) chog‘ida “Stryomsgodset” safida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Xolanddan farqli o‘laroq u Norvegiyaning oliy dvizionida o‘z kuchini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Madriddagi sarguzashtlari omadsiz chiqqaniga qaramay, qahramonimizga tez orada klub ikkinchi imkoni berishi tobora oydinlashib bormoqda.
Serhio Aguyero
 
Yosh futbolchilarining erta debyut qilishi Janubiy Amerikada odatiy xol. Shunday bo‘lsada, barcha futbolchilar ham taqdir taqdim etgan imkoniyatdan unumli foydalanavermaydi. “Independyente” safida 15 yosh (1 oy) chog‘ida maydonga tushgan Serhio Aguyero bundan mustasno. Qahramonimiz katta futbolga yosh bo‘lishiga qaramay dadil qadamlar bilan kirib keldi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Aguyero o‘sha uchrashuvda o‘yinning taqdirini tubdan o‘zgaritib yuborish orqali barchaning e’tiboriga tushadi. E’tiborilishi shundaki, yosh Aguyero o‘sha davrda Maradona tomonidan o‘rnatilgan va 76 yildan beri saqlanib kelinayotgan (Argentina chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchi) rekordni yangilashni uddalagan.
Xames Rodriges
 
Kolumbiyaning “Envigado” klubi haqida aytarli ma’lumotga ega bo‘lmasangiz kerak. Kolumbiya chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan biri bo‘lishiga qaramay, klub Xames bilan maqtansa arzidi. Aynan shu klub Kolumbiyalik futbolchi uchun katta futbolga porloq yo‘lni ta’minlab bergani bilan futbol tarixidan muqim o‘rin olgan. Fantastik iqtidor egasi bo‘lgani bois, “Envigido” yarim himoyachini 14 yosh (10 oy 9 kun) bo‘lishiga qaramay maydonga tushirib yuboradi. Tan olish lozim, bunday tutilgan yo‘l o‘zini to‘liq oqladi. Keyichlik Xames klub tarixidagi eng katta transfer summasi evaziga boshqa jamoaga sotib yuboriladi.
Falkao
 
Bugungi ro‘yxatimizdagi mutloq yetakchilik Radamel Falkaoga nasib etmoqda. Milyonarios jamoasi tarbiyalanuvchi o‘z klubi safida imkon berilmagach, Kolumbiyaning ikkinchi ligasida to‘p tepuvchi “Lonseros Boyka” tarkibiga borib qo‘shiladi va bor yo‘g‘i 13(!) yoshida( 6 oy 18 kun) professional futbolda uchrashuvida ishtirok etadi. Jismonan baquvvat bo‘lgani bois, Falkao katta futbolda yo‘qolib qolgani yo‘q. Bir e’tibor qarating, Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi 13 yoshida debyut uchrashuvini o‘tkazmoqda.

135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *