Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Arzon lekin ishonchli. Angliya grandlari ko‘zlayotgan himoyachi aynan shunaqasidan

Arzon lekin ishonchli. Angliya grandlari ko‘zlayotgan himoyachi aynan shunaqasidan

Автор: admin

Angliya premer-ligasida yuqori marralar uchun o‘zaro raqobatlashadigan klublar tarkibga yangidan yangi iqtidor egalarini jalb qilishda ham bir birlari bilan kurash olib borishi odatiy holga aylangan.
Ayni paytda “Liverpul” va “Arsenal” bir futbolchini talashmoqda. Ular istagan himoyachi hozir Turkiya chempionatida “Beshiktosh” sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli Domagoy Vidadir.
Xorvatiyalik futbolchining transfer narxi 6 million funtni tashkil qiladi. “To‘pchilar” uni jamoadan ketishi kutilayotgan Sokratis va Shkodran Mustafining o‘rniga olib kelmoqchi. Londonliklar Vida o‘z tajribasi bilan yosh himoyachilar – Vilyam Saliba va Rob Xoldingning o‘sishiga yordam beradi, degan umidda.
“Liverpul” esa Vidani Deyan Lovrenga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *