Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » “Tottenxem” “olib-sotar” jamoadan himoyachi xarid qiladi

“Tottenxem” “olib-sotar” jamoadan himoyachi xarid qiladi

Автор: admin

“Tottenxem” o‘z himoyachilari Yan Vertongen va Xuan Foytga o‘rinbosar izlatgan edi. Londonliklar o‘zlariga kerakli futbolchini Frantsiya chempionatidan topdi.
Futbolchilarni arzon narxga olib, bir muddat o‘ynatib, keyin qimmatiga Angliya chempionatiga transfer qilishning hadisini olgan “Monako” “Tottenxem”ni himoyachi bilan ta’minlaydigan bo‘ldi. Bu markaziy himoyachi Gilermo Maripan bo‘ladi.  
“Monako” bu futbolchini o‘tgan yili “Alaves”dan 18 million evroga xarid qilgan. 26 yoshli chililik futbolchining bugungi narxi frantsuzlar tomonidan 50 million evroga baholanmoqda.
Maripan chempionatda 20 ta o‘yin o‘tkazib, bir juft gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *