Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Fabregas «Chelsi»ga o‘tishida Mourinoning qaysi gapi ahamiyatli bo‘lganini aytdi

Fabregas «Chelsi»ga o‘tishida Mourinoning qaysi gapi ahamiyatli bo‘lganini aytdi

Автор: admin

«Monako» yarimhimoyachisi Sesk Fabregas 2014 yilda «Barselona»dan «Chelsi»ga o‘tishi tarixi haqida gapirdi.
«Mourino bilan bir marta uchrashdik va u shunday dedi: «Menga 2 o‘yinchi kerak. Diyego Kosta ham shartnomaga imzo chekish arafasida. Agar sen ham «Chelsi»ga kelsang, jamoa chempionlikni qo‘lga kiritadi».
Joze bilan ishlaganimdan so‘ng men uning eng yaxshi motivator ekanligiga amin bo‘ldim. U – ajoyib futbolchilar uchun kuchli murabbiy. «Arsenal»da o‘ynagan paytimda kelajakda «Chelsi»da o‘zimni baxtli his qilishim haqida aytishsa, ularni aqldan ozgan deb o‘ylagan bo‘lardim. 
«Chelsi»dagi muxlislar, klub va u yerda ishlaydiganlarning barchasi meni xursand qildi. Men jamoaning o‘yiniga yaxshi moslasha olayotganimni his qildim. Mourino bilan ishlash faoliyatimdagi eng katta qadam bo‘lishi mumkinligini bilardim», – deb ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, Fabregas 2014/15 yilgi mavsumda «Chelsi» safida, portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida APL chempionligini qo‘lga kiritgan.



63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *