Goal24.uz » Европа жамоалари » Xavertsning bozori qiziqmoqda

Xavertsning bozori qiziqmoqda

Автор: admin

Bundesliga qayta tiklanganidan keyin ikkita o‘yinda to‘rtta gol urib, “Bayer”ni kuchli uchlikka olib kirgan 20 yoshli Kay Xavertsga qolgan futbolchilar havas qilsa arziydi.
Chunki bu futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan klublar safi keskin ko‘payib bormoqda.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachining o‘yini baho berish uchun o‘z agentlarini Germaniyaga yubordi.
Xaverts uchun “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Bavariya” va “Real” ham o‘zaro raqobatlashmoqda.
Mavsumda “Bayer” uchun 36 ta o‘yinda 14 gol urib, 8 ta golli pas uzatgan Xavertsning transfer summasi 81 million evroga baholangan. Uning leverkuzenliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi.


60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *