Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Real» Edegorni qaytarmoqchi

«Real» Edegorni qaytarmoqchi

Автор: admin

«Real Sosedad» klubida ijarada o‘ynayotgan hujumchi Martin Edegor kelasida mavsumda «Real»ga qaytadi.
As xabariga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik bosh murabbiy Zinedin Zidanning rejalaridan o‘rin olgan. Futbolchi yozda ijaradan qaytarib olinadi va asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beriladi.
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli, «Real» Edegorni jamoani kuchaytirishga qodir deb hisoblamoqda.
Avvalroq Edegorning «Real Sosedad» tarkibida qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Martin 2015 yildan beri «Real» tarkibida. Futbolchining madridliklar bilan imzolagan shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan. U «Herenven» va «Vitess» klublarida ham ijarada o‘ynagan.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *