Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » Koronavirusga chalingan Pavel Pogrebnyakka ikkiyoqlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi

Koronavirusga chalingan Pavel Pogrebnyakka ikkiyoqlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi

Автор: admin

Avvalroq rossiyalik futbolchining tahlili COVID-19 infeksiyasiga ijobiy natija bergani ma’lum bo‘lgandi.
“Bugun kasallikning uchinchi kuni! Menda hid bilish qobiliyati yo‘qoldi, hech narsani his qilmayapman! Dahshatli tuyg‘u! Ojizlik! Tomoqda og‘riq paydo bo‘ldi, hech narsa yeya olmayapman. Hatto suv ham o‘tmayapti! Tomoq bezlari shamollagan!
Erim shifoxonada davolanmoqda. Ikkiyoqlama pnevmoniya. Katta o‘g‘limda isitma yo‘q, biroq kuchli yo‘tal mavjud! Unga pnevmoniya tashxisi qo‘yildi, antibiotik yozib berishdi. Pashka (kichik): kecha qayt qilishi o‘tib ketdi, biroq tana harorati 37 da turibdi! Ertaga qayta qon topshiramiz. Kenja o‘g‘lim: bugun isitma yo‘q, hech qayeri og‘rimayapti, oramizda eng sog‘lomi.
Hammasi yaqin orada tugashidan umidvormiz!”, — deydi Mariya Pogrebnyak.
Eslatib o‘tamiz, Pavelning kichik ukasi Kirill Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida to‘p suradi. Futbolchi ayni damda Toshkentda bo‘lib turibdi.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *