Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Artur «Barselona»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Artur «Barselona»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Artur jamoadan ketmoqchi emas, deb yozadi ESPN.
«Doim turli mish-mishlar mavjud, ammo meni qiziqtiradigan yagona variant bu – «Barselona»da qolish.
Bu yerda o‘zimni yaxshi his qilyapman, klub va murabbiylar shtabidan menga bildirgan ishonchlari uchun minnatdorman. Katta klublardan bo‘layotgan qiziqishlar yaxshi, lekin men ko‘p yillar davomida «Barsa»da o‘ynash haqida o‘ylayman. Doim shu jamoada bo‘lishni istardim», – deydi Artur.
«Agar «Barselona» boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borish mumkinligini aytsa, bu Arturning klubga kerak emasligini bildiradi. Ammo bu sodir bo‘lmadi, shuning uchun u karerasini hozirgi klubida davom ettirishga 100 foiz ishonadi. Italiyaga yo‘l olish Arturning rejalariga kirmagan», – deydi braziliyalik futbolchining yaqinlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 23 yoshli futbolchi «Yuventus»ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *