Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » Mbappe qaysi futbolchilarga havas qilgani va orzusi haqida gapirdi

Mbappe qaysi futbolchilarga havas qilgani va orzusi haqida gapirdi

Автор: admin

«PSJ» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futboldagi kumirlari va yaqin kelajagi haqida gapirdi.

«Men doim havas qilgan va unga o‘xshashga intilgan dastlabki futbolchi Zidan edi. U Fransiya milliy jamoasi bilan ko‘p yutuqlarga erishgan. Keyingi kumirim esa Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. U futbolda muhim bo‘lgan jamoaviy va shaxsiy sovrinlarga ega chiqdi. Haligacha g‘olibona yurishini davom ettirmoqda. Faoliyatim davomida aynan Zidan va Ronalduning izidan yurishga intilaman, ular erishgan yutuqlarga ega chiqish katta baxt bo‘lardi.
«Oltin to‘p»? Qo‘lga kiritsam zo‘r bo‘lardi, ammo bu oliy maqsadim emas. Men uchun asosiysi «PSJ» va milliy jamoam bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritish sanaladi. Fransiya bilan Yevropa chempionligi, «PSJ» bilan esa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish orzuim sanaladi», - deya Mbappening so‘zlarini keltirmoqda The Mirror.
Ma’lumot uchun, Zidan va Ronaldu aynan «Real» safida to‘p surib qator sovrinlarga ega chiqqan. Madrid klubi Mbappeni 2021 yilgi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgani haqida xabar berilgandi.


105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *