Goal24.uz » Европа жамоалари » Tekin yulduzlar kerakmi?

Tekin yulduzlar kerakmi?

Автор: admin

Futbolchilar koronavirus sababli mavsumni yakunlash borasidagi muammolarga duch kelishmoqda. Shunday bo‘lsada, ayrim “charm to‘p ustalari” tushib qolgan vaziyat yanada chigal. Sezganingizdek, so‘z yozda shartnomasi o‘z yakuniga yetuvchi futbolchilar haqida bormoqda. Bugun yozda o‘zi istagan klubga o‘tish huquqini qo‘lga kirituvchi “shovvozlar” bilan tanishtirib o‘tamiz.
Toma Myonye
Belgiyalik futbolchi ancha yillardan beri o‘ng qanot himoyasida ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Shunga qaramay, Parij klubi uni rejalarida yo‘q ekanligini rasman e’lon qilib bo‘ldi. Toma singari yuqori darajadagi ijrochilar ishsiz qolib ketmasligi aniq. Boz ustiga, uni qo‘lga kiritish uchun transfer summasi shart emasligi “oshiqlar” sonini keskin ortirib yubordi. Fransuz nashrlari 28 yoshli futbolchini allaqachon “Manchester Yunayted” bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokara o‘tkazayotgani haqida ma’lumot bermoqda. “Qizil iblislar”dan tashqari, “Tottenhem”, “Milan”, “Borussiya Dortmund” singari grandlar ham Myonye uchun o‘z takliflarini jo‘natishgan. Umuman olganda, qanothimoyachisi PSJ nit ark etayotganidan chuqur qayg‘uda emas.
Edinson Kavani
Parij klubi tomonidan chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborilgan yana bir super ijrochi. Klub tarixida eng ko‘p gol kiritganiga qaramay, Kavani 33 yoshida PSJ uchun keraksiz futbolchiga aylanib qoldi. Aslida PSJ uni qishda sotib yuborishi mumkin edi, lekin birorta klub 6 oydan so‘ng erkin agentga aylanuvchi futbolchi uchun 15 million to‘lashni istamadi.
Ayni damda Edinson transfer olamidagi eng bozori chaqqon futbolchi. Uni Osiyo klublaridan tortib Yevropa grandlarigacha o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Tezkor, unumli va klassik hujumchi. Qo‘shimchasiga ortiqcha sent ham ishlatmay transferni amalga oshirish imkoni. Soddaroq qilib aytganda “bomba” transfer!
Mario Gyotse
“Borussiya Dortmund”ga qaytib kelishi ham yordam bermagan, barchamizning ko‘z o‘ngimizda so‘nib borayotgan “tilla bola” ham yozda erkin “qush”ga aylanadi. Bu haqida Dortmund klubi sport direktori Mixayel Sork rasman e’lon qilib bo‘ldi. Endigina 27 yoshga to‘lganiga qaramay, ko‘plab grandlar nemisning iqtidoriga shubha qilishni boshladi. Mario ham o‘z faoliyatini qayta tiklash ilinjida. Qahramonimiz transfer variantlarini yaxshilab o‘rganib chiqish maqsadida o‘z agentini o‘zgartirdi va maxsus reklama agentligi bilan shartnoma imzoladi. Shunga qaramay, u bilan faqat “Vest Xem” va “Everton” jamoalarigina jiddiy qiziqmoqda xolos. Hozircha bori shu, balki yozda yangi nomzodlar paydo bo‘lar?!
Adam Lallana
31 yoshli ingliz ko‘pchilikning nazdida “o‘qib bo‘lingan kitob”dek tuyulishi mumkin, lekin bu fikrga men qo‘shilmagan bo‘lar edim. “Liverpul” uni hisobdan chiqarganiga bir mavsum bo‘ldi. Angliya terma jamoasi haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Vaholanki, Lallana hali juda ko‘p narsalarga qodir futbolchi. Markazdan va qanotdan keskin paslarni ijro etuvchi futbolchi agar “Lester” yoki “Tottenhem” singari jamoalarga o‘tsa, Kloppni “uyaltirib qo‘yishi” hech gap emas. Ha aytgancha, Adamni “Liverpul”ga aynan Brendan Rodjers “Sautgempton”dan taklif etgan edi. Bu ish ikkinchi marotaba takrorlanishi tobora haqiqatga yaqinlashib kelmoqda.
Villian
Villianning agenti OAV bilan juda yaxshi ishlamoqda. U mijozi uchun taklif bilan chiqqan barcha klublarining nomini oshkor qilibgina qolmay, ular taklif etayotgan shartnomalar haqida ham batafsil ma’lumot berishni kanda qilmayapti. To‘g‘ri, “Chelsi” oxirigacha u bilan shartnoma tuzishga urinib ko‘radi, biroq braziliyalik futbolchi allaqachon chemodanlarini yig‘ib qo‘ygan shekilli. Chunki, klub uni 4 ta urinishida ham yangi shartnomaga imzo chekishga majbur qila olmadi. Boshqacharoq qilib aytganda “hayron” qoldirmadi. Villianning agenti “Chelsi” mijoziningimkoniyatlariga past baho berishda ayblamoqda. Oldinda vaqt yetarlicha bo‘lishiga qaramay, Villanni Londonda olib qolish “Chelsi”ning qo‘lidan kelmasligi aniqlashib bormoqda.
Pedro
Londonning “Chelsi” jamoasi JCH va Yevropa chempionini qo‘ldan boy berish arafasida turganidan xabaringiz bor. Vaholanki, bundan 2 hafta ilgari Pedro va “Chelsi” o‘zaro yangi shartnoma borasida kelishib olgani haqida rasmiy ma’lumotlar e’lon qilingan edi.
“TheSun” bergan ma’lumotlarga qaraganda, Pedroning yangi shartnoma borasidagi muzokaralari so‘nggi bosqichida barbod bo‘lgan va endi Italiya klublaridan biriga o‘tish arafasida turibdi. Manbada yozilishicha, “Roma” allaqachon Pedroga 2,7 million maosh (bonuslardan tashqari) taklif qilgan va muzokaralar tez orada yakuniga yetadi.
Dris Mertens
Italiya nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” agar Pedro ketsa, uning o‘rnini DrisMertens bilan to‘ldirishi mumkin. To‘g‘ri, bu hali tasdiqlanmagan ma’lumot,biroq Mertensning “Napoli”ni tark etishi aniq. Belgiyalik futbolchi uchun kurashda “Inter”, “Nyukasl”, va “Yuventus” jamoalari ham mavjud. 32 yoshli vinger katta ehtimol bilan Italiya klublariga o‘tmaydi. U Neapollik muxlislari mehridan ayrilib qolishni istamayapti. Drisning o‘zi ham imkoniyatlarini kuchliroq chempionatda sinab ko‘rishni istamoqda.
Yan Vertongen
Katta ehtimol bilan Yan “Inter” himoyachisiga aylanadi. “Tottenhem” futbolchisi Londonda qolishni istamayapti. U YECHL finalidan so‘ng, klubning kelajagiga shubha bilan boqishni boshladi va yangi shartnomadan voz kechdi. Uning o‘yinida ham keskin pasayish kuzatilmoqda. Muxlislar bundan norozi. Qisqacha qilib aytganda, Vertongen allaqachon “Tottenxem” futbolkasining ichidan boshqa klub futbolkasini kiyib yuribdi. Barchasi hal, faqat shartnoma yakunlansa bo‘ldi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *