Goal24.uz » Европа жамоалари » O‘zini boshqa kasbda «topgan» futbolchilar

O‘zini boshqa kasbda «topgan» futbolchilar

Автор: admin

Jorj Vea

“Milan”, PSJ, “Monako”, va “Chelsi”dagi o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini qozongan Vea ro‘yxatimizni ochib beradi. 1995-yilda “oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan yagona afrikalik futbolchini yaxshi taniysiz. 2005-yilda o‘zini siyosatga urgan Jorj sal bo‘lmasa Prezidentlikka saylanishi mumkin edi, biroq yakunda u Ellen Jonsonga (Liberiya tarixidagi birinchi ayol Prezident) imkoniyatni boy beradi. Omadsizlikka qaramay, Jorj siyosat olamini tark etmadi va ishlashda davom etdi. Oqibatda 2017 yilda 5 million aholiga ega davlatning Prezidentiga aylandi. Vea nafaqat futbol maydonda, balki siyosat maydonida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Qahramonimiz 3 yildan oshiq vaqt davomida o‘z vazifasini ishonchli tarzda uddalab kelmoqda.

Romario
Futbolchilik chog‘ida barchani hayratda qoldirgan braziliyalik futbolchi. 1994-yilda Braziliyani JCH g‘olibi qilgan Romarioni tanimaydigan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Sobiq “Barselona” futbolchisi ham Vea singari o‘zini futboldan so‘ng siyosatga “urdi”. Quvonarlisi shundaki, u qisqa fursatda katta yutuqlarga erishishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, u Prezidentlikka nomzodini qo‘ygani yo‘q, biroq Braziliya oliy senatining a’zosi sanaladi. Bundan tashqari, u tez orada Rio shahri meri bo‘lishi mumkin. Ayni damda uning saylov kompaniyasi shu maqsad yo‘lida ishlar olib borishni boshlab yuborgan.
Demi De Zeuv

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazuvchi muxlislar “Instagram”dagi “433” loyihasini kuzatib borishsa ajab emas. O‘z sahifasida 28 million obunachisi bor “433”ning asoschisi sobiq futbolchi Demi De Zeuv ekanligidan xabaringiz bormi? Gollandiyalik futbolchini o‘zbek muxlislari uning Moskvaning “Spartak” jamoasidagi o‘yinlari bilan eslashadi. Aynan o‘sha De Zeuv “433” loyihasi bilan chegaralanib qolmay, o‘zining “BALR” brendi bilan dunyo bozoriga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda “BALR” “Puma” brendi bilan o‘zaro shartnoma imzolash darajasigacha ko‘tarilgan bo‘lib, uni Grizmann va Di Mariya singari futbolchilar reklama qilmoqda.
Jon Karyu
Xolandga qadar Norvegiya futboli faxri sanalgan Jonni darrov eslagan bo‘lsangiz kerak. “Lion”, “Aston Villa”, “Valensiya” singari jamoalarda harakat qilgan hujumchi ham futboldan so‘ng o‘zini boshqa ishda sinab ko‘rganlardan biri. E’tiborlisi shundaki, Jon o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rishga qaror qildi va uzoq izlanishlardan so‘ng katta ekranlargacha chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Sobiq futbolchi 2016-yilda Jeyms Bondning «norvegcha» versiyasida bosh rolni ijro etdi. Film katta shuhrat qozongach, 2019-yilda Jon “Malefisent” filmida Anjelina Joli bilan birgalikda suratga tushdi.
Erik Kantona
Janjalkash Erik haqida ortiqcha ta’rif berishga hojat yo‘q. 1998-yilda “Elizaveta” filmida De Fua rolini ijro etgan Kantona kino olamiga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Ayniqsa, “Erikni izlab” komediyasi unga yangi ishida ham shuhrat olib keldi. Bugungi kunda Kantona aktyorlikdan tashqari, turli marosimlarni o‘tkazish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.
Vinni Jons
Futbolchilikdan aktyorlikka omadli ko‘chib o‘tgan yana bir sportchi. “Chelsi”, “Lids” singari klublarning sobiq futbolchisi futbol maydonida o‘zi uchun janjalkash obrazini yaratib bo‘lgan edi. Shu sababli uning kinoda o‘z “men”ini topishi uchun ko‘p vaqt talab etilmadi. Taniqli rejissor Gay Richning “Qarta,pul va ikkita to‘pponcha” va “Katta o‘lja” filmlarida suratga tushishi unga katta mashhurlik olib keldi. Keyinchalik “Evrotur” komediyasida ko‘rinish bergan Jons yaqindagina “X odamlar” franshizasida ham ishtirok etishni uddaladi.
Matyo Flamini
“Arsenal”da to‘p surgan tayanch yarim himoyachisini esladingizmi? U bugungi ro‘yxatimizdagi yagona milliarderlardan biri sanaladi. Ha, ha, to‘g‘ri eshitdingiz! Futbolchi bundan 10 yil avval Paskal Grant bilan birgalikda bio kislotalar yetishtirib beruvchi “GFBiochemicals” kompaniyasiga asos solgan edi. Endilikda bu loyiha butun Yevropani o‘z ichiga qamrab olish arafasida. Turli o‘gitlarni yetishtirib beruvchi Flaminining kompaniyasi mashinalar uchun bioyoqilg‘i yaratish ustida ish olib bormoqda. Agar bu ish amalga oshsa, u sayyoramizdagi eng badavlat 10 ta insondan biriga aylanadi. Ayni damda Forbs jurnali Flamini boshqarayotgan “GFBiochemicals”ni 30 milliard yevroga baholagan.
Tim Vize
“Verder” jamoasining sobiq darvozaboni yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Baland bo‘yli, jismonan baquvvat futbolchi katta futboldan ketgach, o‘zini Restling sport turiga “urdi”. Atigi 3 oy ichida 130 kg vaznli polvonga aylangan Tim buguni kunda Myunxen arenalarining birinchi raqamli yulduzi sanaladi. U bilan bir nechta AQSHning restling TV-shoulari shartnoma imzolash istagida. Boshqacharoq qilib aytsak, Vize restlingda o‘zini namoyish eta oldi.
Jon Kreddok

15 yil davomida APLning turli klublari sharafini himoya qilgan Jon bugungi kunda Angliyadagi eng mashhur rassomlardan biri sanaladi. Asosan futbol mavzusidagi ishlari bilan san’at olamiga kirib kelgan Jonning chizgan suratlari allaqachon ko‘rgazma sifatida ommaga namoyish etildi. Ko‘plab nashrlari uning asarlarini “Yangi avlod rassomining ishi” deb baho bermoqda.
Kertis Vudxaus
32 yoshiga qadar Angliyaning turli klublari(“Sheffild”, “Birmingem”) sharafini munosib himoya qilgan futbolchi o‘zini boksda sinab ko‘rishga qaror qildi. E’tiborlisi shundaki, bu qaror o‘zini ortig‘i bilan oqladi. Ayni damda Vudxaus yarim o‘rta vaznda Buyuk Britaniya chempioni sanaladi. 28 bor ringga ko‘tarilgan sobiq futbolchining hisobida 24 ta g‘alaba mavjud. Shunchaki fantastik ko‘rsatkich.

209   
Добавить комментарий
Ваше имя: *