Goal24.uz » Ўзбекистон » PFL ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Superliga taqvimi bo‘yicha izoh berdi

PFL ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Superliga taqvimi bo‘yicha izoh berdi

Автор: admin

Coca Cola Superligasining 4-tur uchrashuvlari 5 iyun sanasidan boshlab davom ettirilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bunga O‘zPFL tomonidan Superliga klublari bosh murabbiylariga muhokama uchun yuborilgan ishchi taqvim asos bo‘ldi.
Pandemiya sabab mamlakatimizda futbol uchrashuvlari to‘xtatilgan hamda uning rasman qachondan boshlab davom ettirilishi aniq emas. Shundan kelib chiqib, ko‘plab mamlakatlar futbol ligalari kabi O‘zPFL ham turli ko‘rinishda rejalar tuzadi. Bosh murabbiylarga taqdim etilgan reja ularning fikrini o‘rganish uchun bo‘lib, bunda murabbiylar iyul oyida ham rasmiy o‘yinlar bo‘lib o‘tishi mumkinligidan har ehtimolga qarshi ogohlantirilgan, bu borada ularning fikrlari tinglangan. Qolaversa, reja rasmiy xat asosida klublarga chiqarilmay, bosh murabbiylarni o‘zida jamlagan messenjer guruhida muhokama qilingan.
O‘zPFL karantin davrida futbol klublarining mashg‘ulotlarini qayta tiklash hamda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha O‘FA hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqqan. Ayni vaqtda biz Maxsus komissiyaning mazkur yo‘riqnoma asosida mashg‘ulotlaga ruxsat berishi masalasini kutmoqdamiz. Mavjud sharoitdan kelib chiqib, O‘zPFL sog‘liqni saqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan mashaqqatli ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak deb hisoblaydi. Insonlar salomatligi eng oliy ne’mat.
Shunday ekan, turli ko‘rinishdagi rejalar ishlab chiqilishda davom etiladi, ular bosh murabbiylar, klublar rahbarlari, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari bilan muhokama etiladi. Unga qadar O‘zPFL rasmiy sahifalarida ko‘rinish bermagan har qanday ma’lumot rasmiy maqomga ega emasligini ma’lum qilamiz.
Manba: pfl.uz

141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *