Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Tolisso «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin

Tolisso «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin

Автор: admin

«Bavariya» yarimhimoyachisi Korenten Tolisso «Manchester Yunayted» klubiga o‘tishi mumkin.
Manchester Evening News xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 25 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Fransiyalikning transferi 25 mln yevroga baholanyapti.
Bu mavsumda Tolisso «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalarda 24ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Korenten faoliyatini 2013 yilda «Lion» klubida boshlagan, so‘ngra «Bavariya»ga o‘tgan edi. Futbolchi Fransiya milliy jamoasi tarkibida 2018 yilda jahon chempioni bo‘lgan.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *