Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » «Spartak» Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritmoqchi

«Spartak» Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritmoqchi

Автор: admin

«Spartak» klubi yozgi transfer paytida o‘z tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Moskvaliklar "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodovga ko‘z tikishgan.

"Qizil-oqlar" o‘tgan yilning yozida o‘zbekistonlik futbolchini xarid qilishga urinib ko‘rishgan edi, ammo «Rostov» Eldorni 2 mln yevroga sotmagan edi. Hozirda Shomurodovning narxi ancha o‘sdi va «Rostov» Shomurodov uchun 12 mln. yevro so‘ramoqda.

«Spartak» safida 3 hujumchi bor — Sobolev, Ponse va Larsson, ammo jamoa bosh murabbiyi Tedesko o‘zbekistonlik forvard bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.

«Spartak» Rossiya kubogida g‘olib chiqish orqali kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shu maqsad yo‘lida jamoa tarkibni kuchaytirmoqchi.

Shomurodovning o‘zi esa Rossiya chempionatida qolishni istamayapti. Unga hozirda  «Shalke» va «Shtutgart» klublari qiziqish bildirishmoqda.

110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *