Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Liverpul» Verner transferidan voz kechdi

«Liverpul» Verner transferidan voz kechdi

Автор: admin

«Liverpul» «Leypsig» klubi va Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Timo Vernerni sotib olmaydi, deb yozadi The Mirror.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 60 mln yevro tovon pulini to‘lamoqchi emas. Ehtimol, mersisaydliklar Vernerning narxi 40 mln yevroga tushganda, ushbu tanlovga qaytishlari mumkin.
24 yoshli hujumchi bu mavsumda «Leypsig» safida barcha turnirlar doirasida 39ta bahsda maydonga tushib, 30ta to‘p kiritdi va 12ta golga assistentlik qildi. Uning «buqalar» bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.


65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *